"Arkadag" ketma-ket uchinchi marta Turkmaniston Kubogini qo'lga kiritdi

Mirjalol Normatov
28 dek 2025
"Arkadag" Turkmanistonda trebl qayd etdi.

Mamlakat Superkubogi, oltin medallaridan keyin jamoa Turkmaniston Kubogini ham qo'lga kiritdi. "Arkadag" finalda "Axal"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Qayd etish kerak, "Arkadag" ketma-ket uchinchi marta Kubokni qo'lga kiritmoqda. Jamoa so'nggi ikki yilda ham aynan "Axal" (3:0 va 1:0) bilan finalda bahs olib borgan va g'alabalarga erishgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia