⚡️Bild: Yoaxim Lyov O'zbekiston terma jamoasi taklifini rad etdi

Narzulla Saydullayev
13 avg 2025, 14:45
Germaniyalik Jahon chempioni O'zbekiston terma jamoasida ishlamaydigan bo'ldi.

Xabaringiz bor, O'FA 2014 yil Germaniya bilan jahon chempioni bo'lgan Yoaxim Lyovga taklif bilan chiqqan edi.

Dunyoga mashhur Bild nashriga ko'ra, Yoaxim Lyov O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi vakillari bilan Berlindagi O'zbekiston elchixonasi yordamida onlayn muzokara o'tkazgan. Lyov bu taklif ustida bir necha kun jiddiy o'ylangan va yakunda "muloyimlik" bilan rad javobini bergan. 

Eslatib o'tamiz, 65 yoshli mutaxassis 2014 yil Germaniya terma jamoasini Jahon chempioni qilgan va o'sha yili FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. Lyov 2021 yilning mart oyida Germaniya terma jamoasi boshqaruvidan ketgan va o'shandan beri hech qayerda ishlamagan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia