Bekzod Mamatqulov: "Olimpiya shaharchasi yonida futzal terma jamoasi markazi quriladi"

Абдулвосит Бектемиров
6 apr 2026, 15:10
O'zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Xose Mariya Mendesni tanishtirishga bag'ishlangan tadbirda bir qator masalalar yuzasidan fikrlarini bildirdi.

“Barchaga Assalomu alaykum. Xabaringiz bor, o'tggan yili yanvar oyida Futzal federatsiyasining taqdimotini o'tkazgan edik. Osiyoda lider bo'lish. So'nggi 3-4 yil davomida mintaqada yetakchilik qilish maqsadi bor edi. Shuningdek, JCHda top 10likka kirish.

Mahalliy murabbiy bir yil ishlab, fundament qurib beradi, degan edim. Mana bugun shu kunlarga keldik. Short-listimizda ko'plab murabbiylar bor edi. Ko'plab top-murabbiylar bilan muloqot qildik. Bir masala ustunlik qildi. Milliy madaniyatimmizni bilishi va bizning mentalitetimizdan xabardorligi. Shu sababli Pulpisni qaytarishga qaror qildik. Butun futzal hamjamiyati Mendesni qaytarishni so'radi. Muzokaralar ham oson kechmadi. Biz Mendesga o'z rejalarimizni taqdim etdik. Shundan so'ng yakunda bir qarorga keldik. O'ylaymanki, oldimizda katta ishlar bor. Barchasini bajarishimiz kerak.

Biz bu yo'lda Mendes shtabiga barcha imkoniyatlarini yaratib beramiz. Birgalikda ikki yillik davr davomida o'z oldimizga qo'ygan ustuvor maqsadlaraga erishamiz deb o'ylayman", – dedi Bekzod Mamatqulov anjuman boshlanishida.

3.jpg

"Bu masalani to'liq o'ylab ko'rmadik, ammo variantlariimiz bor. FIFAda legioner kamida besh mavsum davomida mahalliy chempionatda o'ynashi kerak, degan talab bor. Hozirgi terma jamoadagi tarkibimizdagi yigitlardan bir yoki ikki bosh ustun bo'ladigan futzalchilar bo'lsa, ularni mahalliylashtirishimiz mumkin. Hozirgi kunda terma jamoamizdagi og'riqli nuqta bo'lib turgan himoya chizig'ini legionerlarni mahalliylashtirish orqali bartaraf etish ehtimoli yo'q emas. Qisqa qilib aytganda shunday variantimiz bor”, – deya javob berdi O'FF prezidenti legionerlarning mahalliylashtirilishi haqidagi savolga.

"Rustam Umarov ajoyib darvozabon. Umarovning "Oil Star" bilan o'yinchisi sifatidagi shartnomasi bor. Terma jamoaga murabbiy bo'lib kelishni istaydigan har bir shaxs futzalchilik faoliyatini yakunlab, bor e'tiborini to'liq murabbiylikka qaratgan bo'lishi kerak. Rustam Umarov esa hozirgi kunda "Oil Star" darvozasini qo'riqlamoqda. Faoliyatini tugatib, murabbiylikni boshlasa, uni terma jamoaga jalb etishimiz mumkin bo'ladi", – deya javob berdi O'FF prezidenti Rustam Umarovni MTJ darvozabonlar murabbiyi etib tayinlanishi haqidagi taklifga.

4.jpg

“Federatsiya rahbari sifatida ushbu muammodan xavotirdaman. Futzal federatsiyasini boshlaganimizda bunchalik tez bunday muammolar bilan duch kelamiz deb o'ylamagan edim. Bugungi kundagi butun dunyodagi vaziyat shuni taqozo etmoqda. Butun dunyo sportdagi davlat ulushini kamaytirib, xususiy sektorga yo'naltirish choralarini ko'rmoqda. Bu biz uchun ustuvor vazifa. Shuningdek, so'nggi kunlarda Prezident administraciyasi tomonidan futzal haqidagi yangi qaror tasdiqlanishi arafasida. Uzog'i bilan 20 kun ichida ushbu qaror imzolanishi kutilmoqda. Bu masalalarni oldinroq ham rejalashtirgandik, ammo vaziyat bir paytga to'g'ri kelib qoldi. Katta futbolda ham klublarni moliyalashtirib kelayotgan yirik davlat korxonalari bor. Bugun ushbu korxonalar liberallashdi. Ayni kunlarda fond tashkil qilinib, endi mablag' fond orqali yo'naltirishi reja qilinmoqda. Dastlab mablag'ning effektivligini oshirish. Keyinchalik esa ajratilgan mablag' aniq bir maqsadlarga ishlatilayotganini nazorat qilish. Qaror loyihasi hali shakllanmoqda.

Klublarimizning yillik smetasini hisoblab chiqqanmiz. Barcha klublarning birlamchi harajatlarini hisobga oldik. Har bir klubning bir mavsum davomida faoliyat yuritishi uchun etarli mablag' ajratilishi. Kelgusi ikki mavsum davomida klublarni davlat taminlab berib, keyinchalik xususiy sektorga o'tishi rejalashtirilmoqda. Joriy mavsum biroz muammo bo'lishi mumkin. Yangi mavsumdan boshlab turib esa yangi tizimga o'tamiz. Maqsadlarimiz katta. Bir yarim yil avval ham klublarimizni xususiy sektorga o'tkazamiz, degan edim. Bunday tizim orqali klublarimiz rivojlanadi. O'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan klublar esa alohida harakat qilishi kerak bo'ladi. Marketing jihatidan ish olib borishi, o'ziga yangi homiylar topib, o'z maqsadlariga intilishi talab etiladi. Endi davlat katta pulni berib qo'ymaydi. Barcha o'zi uchun harakat qilishi kerak. Bu zamon talabi. Qachondir bu narsaga kelar edik.

Prezidentimizning alohida qarori asosida, Olimpiya shaharchasi yonida terma jamoa markazi quriladi. 5000 kishini o'z bag'riga sig'dira oladigan arena va barcha infratuzilmaga ega baza. Yoshlar terma jamoamiz haqida ham o'ylashimiz kerak. O'smirlar terma jamoamizni yanada yoshartiryapmiz. 2029 yilda o'smirlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari yurtimizda o'tkaziladi. Maqsadlarimizga bosqichma-bosqich erishamiz degan umiddamiz. Asosiy maqsadimiz kuchli terma jamoani shakllantirish, ammo har bir klub haqida ham qayg'uramiz.

So'nggi besh yil davomida BMB futzal klubi uchun biznes cho'ntagidan 10 million dollar mablag' sarflandi”, – dedi Mamatqulov.


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Championat.asia