Meksika terma jamoasi ikkita milliy rekord o'rnatdi

25 iyun 2026, 12:45
Meksika terma jamoasi Chexiya milliy terma jamoasini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, 2026 yilgi jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqdi va dunyo birinchiliklaridagi ikkita milliy rekordni yangiladi.

FIFA rasmiy saytining xabar berishicha, joriy turnirda Meksika o'z tarixida ilk bor jahon chempionati guruh bosqichidagi barcha uchta o'yinda g'alaba qozondi. Shuningdek, 1970 yildan beri birinchi marta guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Meksikaliklar to'qqiz imkoniyatdan to'qqiz ochko jamg'arib, "A" guruhida birinchi o'rinni egallashdi. Ular uchta g'alabaga erishib (Chexiya bilan - 3:0, Janubiy Koreya bilan - 1:0 va JAR bilan - 2:0), birorta ham gol o'tkazib yuborishmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com