Ikardi Yevropaning top klubiga o'tishi mumkin

Alisher Ostonov
1 fev 2026
"Galatasaroy" hujumchisi Mauro Ikardi A Seriyaga qaytishi mumkin.

Jurnalist Mirko Di Natalening ma'lum qilishicha, argentinalik futbolchini "Yuventus" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Turin klubi hujumchining transferi bo'yicha rasmiy so'rov yuborgan. "Galatasaroy" futbolchini sotishga tayyor.

Mauro Ikardi 2022 yildan beri "Galatasaroy" sharafini himoya qilmoqda. U turk klubiga PSJdan 10 million evro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Argentinalik futbolchi joriy mavsum 29 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Ikardining narxini olti million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/_Morik92_