Superliga. "Buxoro" o'z maydonida goli inobatga olinmagan "Mashal"ni enga olmadi

Оқил Абдубарноев
27 noya 2026, 18:50
Superliga 29-turidan joy egallagan uchrashuv yakunlandi.

Superliga

29-tur

"Buxoro" – "Mashal" 2:2

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Aziz Isoqov, Shohrux A'zamov

Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Dias Galeev

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: Oybek Davletmuratov

Gollar: 1:0 – 35, Shahzod Ubaydullaev (Velko Filipovich); 1:1 – 41, Humoyun Murtozaev; 2:1 – 56, Sherzod Esanov (Vladimir Rodich); 2:2 – 76, Komiljon Tojiddinov (Toxir To'xtasinov)

"Buxoro": 12.Umidjon Hamroev, 2.Velko Filipovich (5.Sardor Qulmatov, 66), 7.Xurshid Muxtorov, 10.Shahzod Ubaydullaev (9.Nika Kacharava, 73), 14.Islom Baratov, 18.Ozodbek Rajabov, 21.Quvondiq Ro'ziev (6.Ravshan Xayrullaev, 73), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yuldashev (11.Timur Mamasidiqov, 46), 30.Boyan Mladovich, 78.Vladimir Rodich.

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Nodir Ahmadjonov, 77.Asilbek Qayyumov, 88.Dominik Begich, 97.Shahboz Jo'rabekov.

"Mashal": 73.Vladislav Rusanov, 2.Zafar Akramov, 4.Straxinya Boshnyak, 5.Komil Tojiddinov (40.Ruhiddin Xolmatov, 89), 8.Sardor Abduraimov, 10.Humoyun Murtozaev (38.Sunnatulla Yarashev, 71), 19.Toxir To'xtasinov, 24.Ifeani Ifeani, 28.Ergash Ismoilov (76.Firdavs Jovliev, 71), 87.Muhammadali Boymurodov, 88.Ahrorbek Rahimov.

Zaxira: 25.Samandar Jo'rabekov, 29.Shahboz Abduvaliev, 45.Suhrob Parmonqulov, 71.Sherxan Gafurov, 72.Normurod Ko'charov, 99.Bobur Asqarov.

Ogohlantirishlar: Xurshid Muxtorov (18), Straxinya Boshnyak (35), Nika Kacharava (82)

🏁 Uchrashuv yakunlandi! Superliga 29-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Mashal" bahsi jangovar durang natija bilan nihoyasiga etdi – 2:2.

90'. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

89'. "Mashal" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi: Komiljon Tojiddinov o'rniga Ruhiddin Xolmatov maydonga tushdi.

🟨 82'. "Buxoro" hujumchisi Nika Kacharava "Mashal" vakili Sunnatulla Yarashevga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

⚽ 76'. "Mashal" hisobni tenglashtirdi! Toxir To'xtasinovning chap qanotdan jarima maydoniga uzatgan to'piga Komiljon Tojiddinov bosh bilan aniq zarba berib, darvozani ishg'ol qildi – 2:2!

73'. "Buxoro" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi: Shahzod Ubaydullaev o'rniga Nika Kacharava, Quvondiq Ro'ziev o'rniga esa Ravshan Xayrullaev maydonga tushdi.

71'. "Mashal" tarkibida bir yo'la ikki o'zgarish amalga oshirildi: Ergash Ismoilov o'rniga Firdavs Jovliev, Humoyun Murtozaev o'rniga esa Sunnatulla Yarashev maydonga tushdi.

66'. "Buxoro" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi: Velko Filipovich o'rniga Sardor Qulmatov maydonga tushdi.

⚽ 56'. "Mashal" futbolchisi Ahrorbek Rahimov to'p uzatishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, shundan so'ng "Buxoro" vakili Vladimir Rodich bir raqibini aldab o'tib, to'pni jarima maydoniga uzatdi va Sherzod Esanov bosh bilan aniq zarba berib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1!

52'. "Buxoro" futbolchisi Shahzod Ubaydullaev jarima zarbasidan to'pni darvoza tomon yo'lladi, "Mashal" darvozaboni Vladislav Rusanov to'pni egallab oldi.

51'. "Buxoro" futbolchisi Ozodbek Rajabov jarima maydoni tashqarisidan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p noaniq ketdi.

46'. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Tanaffusdan so'ng "Buxoro" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi: Muhammad Yuldashev o'rniga Timur Mamasidiqov maydonga tushdi.

⏸️ Birinchi bo'lim yakunlandi. "Buxoro" – "Mashal" uchrashuvida hozircha durang natija qayd etilmoqda – 1:1. Tanaffus.

🔥 45+2'. Xavfli vaziyat! Burchak zarbasidan uzatilgan to'pga "Buxoro" himoyachisi Velko Filipovich bosh bilan zarba berdi, "Mashal" darvozaboni Vladislav Rusanov dastlab to'pni qaytardi, shundan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi.

45'. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

⚽ 41'. "Buxoro" himoyachilari to'pni uzoqlashtirishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi: Quvondiq Ro'ziev to'pni saqlab qolishga urindi, Boyan Mladovich esa uni uzoqlashtirmoqchi bo'lganida to'p Xurshid Muxtorovga tegib, Humoyun Murtozaevga borib tushdi va "Mashal" hujumchisi darvozani ishg'ol qildi – 1:1!

40'. Shahzod Ubaydullaevning o'ng qanotdan jarima maydoniga uzatgan to'piga Sherzod Esanov bosh bilan zarba berdi, "Mashal" darvozaboni Vladislav Rusanov to'pni egallab oldi.

⚽ 38'. Bosh hakam Olim To'ychiboev VAR hakami Ibrohim Ismoilov bilan maslahatlashgach, dastlabki qarorini o'zgartirdi va Shahzod Ubaydullaev tomonidan kiritilgan golni inobatga oldi – 1:0!

❌ 35'. "Buxoro" jarima zarbasidan to'pni raqib jarima maydoniga uzatdi. Velko Filipovich bosh bilan to'pni sherigiga oshirdi, Shahzod Ubaydullaev esa darvozani ishg'ol qildi. Biroq o'yindan tashqari holat qayd etilgani sababli gol inobatga olinmadi.

🟨 35'. "Mashal" futbolchisi Straxinya Boshnyak "Buxoro" vakili Shahzod Ubaydullaevning libosidan ushlab qolgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

33'. "Buxoro" futbolchisi Shahzod Ubaydullaevning darvoza tomon yo'llagan zarbasini "Mashal" darvozaboni Vladislav Rusanov qaytardi.

❌ 29'. "Mashal" futbolchilari o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi. Humoyun Murtozaevning zarbasi kuchsiz chiqdi, Ergash Ismoilov esa to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi. Biroq u o'yindan tashqari holatda qolgani sababli gol inobatga olinmadi.

26'. "Buxoro" yarim himoyachisi Vladimir Rodich darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq zarbaga aniqlik yetishmadi.

23'. "Buxoro" futbolchisi Vladimir Rodich burchak zarbasidan to'pni jarima maydoniga uzatdi, "Mashal" darvozaboni Vladislav Rusanov to'pni egallab oldi.

🟨 18'. "Buxoro" futbolchisi Xurshid Muxtorov "Mashal" vakili Komiljon Tojiddinovga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

9'. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida jamoalar ehtiyotkor o'yin namoyish etmoqda, darvozalar oldida hozircha xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi.

1'. Bosh hakam Olim To'ychiboevning hushtagi yangradi va Superliga 29-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Mashal" uchrashuvi boshlandi.

O'xshash yangiliklar

Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia