

Myunxenliklar ingliz jamoasi bilan 24 yoshli hujumchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
"Bavariya" forvardni sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oladi.
Nemis klubi futbolchining ijarasi uchun 15 million evro to'laydi, sotib olish bandi esa 65 million evroni tashkil qiladi.
Shuningdek, "Bavariya" agar sotib olish bandini faollashtirsa, "Chelsi" hujumchining keyingi sotuvidan foiz oladi.
Nikolas Jekson o'tgan mavsum APLning 30 o'yinida 10 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qilgan.



