

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Juan Kruz Gillga “Neftchi”dagi faoliyati va jamoamizga qo'shgan hissasi uchun rahmat aytamiz.
Oilaviy sabablarga ko'ra qabul qilingan ushbu qarorni hurmat qilamiz va unga yangi faoliyatida, shuningdek, oilasiga mustahkamlik va omad tilaymiz”, – deyiladi xabarda.

42 yoshli murabbiy 25 iyundan beri Islom Ismoilovga yordamchi bo'lib ishlab kelayotgan edi.



