

Avvalroq jamoani forvardlar Ferran Torres va Robert Levandovski tark etgan edi.
"Ikki o'yinchi, Ferran va Robert ketdi. Biz Ferranning o'rnini yangi xaridlar bilan bosishimiz mumkin, ammo Robertning o'rnini bosish juda qiyin. Hatto yaxshi o'yinchi topganingizda ham bu juda murakkab, chunki u jamoamizda asosiy figura edi.
Bizda ichki echimlar bor, ammo biz, shubhasiz, muayyan qadamlarni tashlaymiz. Gap eng yaxshi echimni topish haqida bormoqda", - deydi Dekuning so'zlarini keltirgan "Mundo Deportivo" nashri.



