"Bavariya" "Chelsi" yarim himoyachisiga qiziqib qolgan

Omonjon To`xtamirzayev
6 fev 2025
"Chelsi" yarim himoyachisi Andrey Santos "Bavariya" qiziqish doirasiga tushib qolgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, Myunxen klubi braziliyalikni kuzatib bormoqda va kelajakda uni sotib olishni maqsad qilgan. Biroq "aristokratlar" futbolchisini sotmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, Andrey Santos hozirda ijarada "Strasbur"da to'p tepmoqda. Ushbu klub safida Santos Liga 1 joriy mavsumining 19 o'yinida gol+pas tizimida 7+1 ko'rsatkich qayd etgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive