Keyn "Bavariya"da qolishga qaror qildi

16 okt 2026, 00:50
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn klub bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo'ldi.

Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Yangi kelishuv esa 2029 yil 30 iyunga qadar amal qilishi kutilmoqda.

"Bavariya" angliyalik hujumchini 2023 yilda "Tottenhem"dan 95 million evro evaziga sotib olgan edi. Shundan beri Keyn Myunxen klubi safida 156 ta uchrashuvda maydonga tushib, 154 ta gol urdi va 37 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports