"Barselona" va MYU Niderlandiya terma jamoasi yetakchisiga da'vogarlik qilmoqda

3 may 2026, 14:59
Doniell Malen kelasi mavsumda yangi klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.

"Aston Villa" futbolchisiga "Manchester Yunayted”, "Barselona”, "Chelsi" va "Nyukasl" da'vogarlik qilmoqda. Hozirda Malen "Roma"da ijara asosida o'ynamoqda. Forvard 50 mln evroga sotilishi kutilmoqda.

Malen “Roma" tarkibida joriy mavsumda 16 ta o'yin o'tkazdi. Niderlandiyalik hujumchi 12 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Corriere dello Sport