"Barselona" "Tegu"ni yirik hisobda mag'lub etdi - bitta gol Reshford hisobida

Sherzod Nurmatov
4 avg 2025
Koreyaning "Tegu" va Kataloniyaning "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik bellashuvi yakuniga etdi.

Xans-Diter Flik shogirdlari 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

Birinchi bo'limda "ko'k-anorranglilar" uchta gol urdi. Gavi dubl qayd etdi, Robert Levandovski bitta golga mualliflik qildi.

Kataloniya klubi ikkinchi bo'limda gol urishda davom etdi. 17 yoshli Antonio Fernandes va Markus Reshford "Barselona" safida debyut gollarini urdi.

"Tegu" – "Barselona" 0:5

Gollar: Robert Levandovski 27', Gavi 21', 45+2', Antonio Fernandes 54', Markus Reshford 65'



10 avgust kuni "Barselona" yangi mavsum boshlanishi oldidan so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Ular "Komo" bilan uchrashadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia