

"Barselona" klubi faoliyatini mavsum avvalida yakunlagan darvozabon Voycex Shesni bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzoladi. Kataloniya klubi jamoa asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen mavsum oxiriga qadar safdan chiqqanidan so'ng Shesni variantiga to'xtaldi.
"Barselona" darvozabonga bir mavsum uchun 3 mln evro to'laydi. Shesni o'z navbatida "Yuventus"ga ikki mln evro to'lashi kerak bo'ladi. Chunki darvozabon Turin klubi imzolagan shartnomada agar u katta futbolga qaytadigan bo'lsa shuncha miqdordagi tovon pulini to'lashi ko'zda tutilgandi.



