"Barselona" murabbiyi Flik Mourinyuning "Real"ga tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

24 may 2026, 09:20
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Joze Mourinyuning Madridning "Real" klubi bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkinligi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ha, nega endi yo'q? U raqib jamoa murabbiyi va men har qanday raqibga qarshi uchrashuvga doim tayyorman", - deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Barcablaugranes nashri.

Avvalroq, Joze Mourinyuning "qirollik klubi" bosh murabbiyi etib tayinlanishi "Real Madrid"dagi prezidentlik saylovlari natijalari e'lon qilingunga qadar qoldirilishi haqida xabar berilgan edi.

Dastlabki rejalarga ko'ra, "Real" portugaliyalik mutaxassisni yakshanba (24 may) yoki dushanba (25 may) kuni tanishtirishi kerak edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com