"Barselona", "Manchester Siti" va "Bavariya" klublari "Chelsi" futbolchisi uchun kurashmoqda

Sherzod Nurmatov
7 apr 2026, 12:35
Londonning "Chelsi" klubi eng istiqbolli akademiya bitiruvchilaridan birini yo'qotishi mumkin.

Insayder Ekrem Konurning so'zlariga ko'ra, "Barselona", "Manchester Siti" va "Bavariya" allaqachon 19 yoshli himoyachi Josh Achimpong atrofidagilar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqaga kirishgan.

Yevropa elitasining qiziqishi futbolchi umidsizlanib borayotgani tufayli oshmoqda. Achimpong “ko'klar”ning asosiy tarkibida doimiy o'yin vaqti yo'qligidan norozi va bu yozda boshqa klubga o'tishni jiddiy ko'rib chiqmoqda.

Himoyachining "Chelsi" bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qilishiga qaramay, uning atrofidagilar aniq aytishdi: Josh Chempionlar Ligasi grandlari takliflar bilan chiqqanda zaxira o'rindig'ida o'tirish niyatida emas.

Bu mavsumda ingliz futbolchisi barcha musobaqalarda 25 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt uni 25 mln evroga baholanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur