"Barselona" jarohatlangan Lennart Karlga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2026, 16:10
"Barselona" "Bavariya" yarim himoyachisi Lennart Karlni kelajakdagi transferi sifatida ko'rmoqda.

Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, 18 yoshli nemis futbolchisi Bundesligadagi ajoyib mavsumidan so'ng kataloniyaliklarning e'tiborida. Biroq Karl mashg'ulotlarda jarohat olgani uchun JCH-2026 final bosqichini o'tkazib yuboradi.

Karl 2025 yilning iyunidan beri "Bavariya"da o'ynab kelmoqda va uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

2025/26 yilgi mavsum yarim himoyachi barcha musobaqalarda 40 o'yinda 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 60 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo