"Barselona" futbolchisiga maoshini deyarli ikki baravar kamaytirgan holda shartnomani 2 yilga uzaytirishni taklif qildi

"Barselona" agar Andreas Kristensen uchun kamroq pul sarflashga to'g'ri kelsa, uni olib qolishga tayyor.

Marca nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar daniyalikka ikki yillik shartnoma va hozirgidan deyarli ikki barobar kam maosh taklif qilishgan. Ko'pgina to'lovlar himoyachining o'yinlariga, asosan, o'tkazilgan o'yinlar soniga bog'liq bo'ladi.

Muzokaralarda hech qanday siljish bo'lmaguncha, Kristensen taklifni qabul ham qilmayapti, rad ham etmayapti.

Bu mavsumda Andreas La Ligada 12 ta, o'tgan mavsumda esa 5 ta o'yinda maydonga tushdi.


Manba: Marca