"Barselona" futbolchisi tarixda ilk marta top-5 liganing to'rttasida chempion bo'ldi

11 may 2026, 10:35
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Joau Kanselu Katalon klubi safida Ispaniya chempioni bo'ldi.

Kanselu tarixda top-5 liganing to'rttasida chempion bo'lgan birinchi futbolchiga aylandi.

Avvalroq portugaliyalik "Yuventus" safida Italiya A Seriyasida, "Manchester Siti" safida Angliya Premer-ligasi va "Bavariya" safida Germaniya Bundesligasini yutib, chempion bo'lgan.

Takidlash joizki, Kanselu "Benfika" safida Portugaliya chempioni ham bo'lgan.


Manba: Championat.com