"Barsa" Reshfordni 30 million evroga sotib olishdan voz kechdi. Forvard MYUga qaytadi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2026, 15:26
Markus Reshford "Manchester Yunayted"ga qaytmoqda.

Marca xabariga ko'ra, "Barselona" ijara muddati tugagach, hujumchini 30 million evro evaziga sotib olishdan voz kechdi. Sotib olish opciyasi kelgusi dushanbagacha amal qiladi.

Qayd etilishicha, "Barselona"ning bu qaroriga Entoni Gordonning "Nyukasl"dan transfer qilinishidan tashqari, Reshfordning himoyadagi bo'sh o'yini, Markusning yoshi va uning yuqori maoshi ta’sir qilgan. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan.

2025/26 yilgi mavsumda Reshford "Barselona" safida barcha turnirlarda 49 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol va 14 ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca