Babayan nega Turg'unboevni "So'g'diyona"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritmadi?

Оқил Абдубарноев
28 fev 2026
"Andijon" bosh murabbiyi Samvel Babayan nima sababdan Aziz Turg'unboevni "So'g'diyona"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritmaganini ochiqladi.

"Aziz jarohat bilan kelgandi va hozir davolanyapti. O'ylaymanki, u keyingi o'yinga tayyor bo'ladi", dedi 54 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Aziz Turg'unboev 17 fevral kuni "Paxtakor"dan "Andijon"ga transfer qilindi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia