Aziz Turg'unboev nega terma jamoaga chaqirilmadi? Fabio Kannavaro javob berdi

Narzulla Saydullayev
12 may 2026, 17:11
Ayni paytda Milliy futbol markazida Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

- Aziz Turg'unboev nega terma jamoaga jalb etilmadi? Jismoniy holatimi yoki boshqa sabab?

- Aziz bilan gaplashdim. U jarohat olganida tezroq jismoniy holatini yaxshilashi kerakligini aytdim. O'yinlarda uning tana harakatlarini ko'rmadim. Men uchun futbolchilar "messej" berishlari kerak. Bu – futbol. Ayrim vaziyatda kimnidir tanlash kerak bo'ladi. Agar Aziz mening fikrimni o'zgartira olsa, men uni yana terma jamoaga chaqiraman. Muammo yo'q.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia