


“Lamin Yamal qaysidir manoda menga faoliyatimning boshlang'ich davrini eslatmoqda. O'shanda men ham taxminan shu yoshda edim va hamma mendan katta natijalar kutardi.
Agar u maydonda o'ziga xos bo'lgan uslubda o'yindan zavq olishda davom etsa, ushbu Jahon chempionatini ajoyib tarzda o'tkazishiga ishonchim komil.
U odamlar tomosha qilishni yaxshi ko'radigan futbolchilar sirasiga kiradi. Futbolning asl manosi ham shunda: o'yindan zavqlanish va odamlarni orzu qilishga majbur etish”, – dedi Azar.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 chorak finalidan o'rin olgan Ispaniya – Belgiya uchrashuvi bugun, 10 iyul kuni bo'lib o'tadi.



