Rasman: “Ayaks” Ter Shtegenni “Barselona”dan ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
4 avg 2026, 12:50
“Ayaks” “Barselona” klubi va Mark-Andre Ter Shtegen bilan kelishuvga erishdi.
1.jpg

“34 yoshli darvozabon Amstyerdam klubiga Ispaniya grandidan bir mavsumlik ijara asosida kelib qo'shildi.

Ter Shtegen 1992 yilning 30 aprelida Germaniyaning Myonxengladbax shahrida tavallud topgan. U o'zining professional faoliyatini mahalliy “Borussiya” Myonxengladbax klubida boshlagan. Shahar jamoasi safida uch yarim mavsum o'tkazib, 127 ta o'yinda maydonga tushganidan so'ng 2014 yilda “Barselona” bilan shartnoma imzolagan.

O'shandan beri u Kataloniya klubi safida 423 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ko'plab sovrinlarni, jumladan, UEFA Chempionlar Ligasi hamda etti marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi”, – deyiladi “Ayaks” xabarida.

Germaniya terma jamoasi safida 44 ta o'yin o'tkazgan posbon o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Michel boshchiligidagi “Jirona” jamoasida ijarada o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: english.ajax.nl