Avstraliya U-20 ustozi: "Qolgan ikkita uchrashuvda g'alaba qozonsak, guruhdan chiqa olamiz"

Sherzod Nurmatov
2 mar 2023
Avstraliya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Trevor Morgan Vetnam U-20 bilan uchrashuvdan so'ng (0:1) fikrlarini bildirdi.

"Bugun o'zimiz xohlagandek o'ynay olmadik. Vetnam jamoasi yaxshi harakat qildi. Bugungi o'yinmiz meni ranjitdi", – dedi avstraliyaliklar ustozi.

- Jamoangiz o'yinni yaxshi boshladi, lekin goldan so'ng jamoa o'z o'yinini yoqotib qo'ygandek ko'rindi, shu holatga izoh bersangiz...

- Birinchi navbatda, vetnamlik o'yinchilar o'z vaziyatidan foydalana olishdi va gol urishdi. Biz esa goldan so'ng o'zimizga kela olmadik, keyingi uchrashuvlarda yaxshiroq xarakat qilamiz.

- Bugungi mag'lubiyat sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Vetnam jamoasi bizdan farqli o'laroq yaxshi uchrashuv o'tkazdi. Bizda xavfli vaziyatlarni golga aylantirish oqsadi. Bor e'tiborimizni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz va qolgan uchrashuvlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Keyingi uchrashuv Eron terma jamoasi bilan kechadi. Bu borada qanday fikrdasiz?

- Eron kuchli raqib, bugun futbolchilar dam olishadi va ertadan boshlab Eron haqida o'ylashni boshlaymiz. O'yin oson o'tmasligi aniq, lekin bizga g'alaba zarur.

- Vetnamga qarshi bahsdan so'ng Avstraliya terma jamoasining guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Agar qolgan ikkita uchrashuvda g'alaba qozonsak, guruhdan chiqa olamiz. Hali hech nima yo'qotilmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia