"Atletiko" prezidenti Superliga loyihasini qo'llab-quvvatladi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2023
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Yevropa Superligasi loyihasini tark etganiga qaramay, uni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

"Menimcha, Superliga g'oyasi ispan futboli uchun foydali. Superliga bo'lmagani uchun Angliya jamoalari yutadi. Ular barcha eng yaxshi futbolchilarni tortib olishgan. "Atletiko" loyihani tark etdi, chunki biz UEFAning bizga nisbatan sankciyalar qo'llashini istamagan edik", – dedi funkcioner "Onda Cero"ga bergan intervyusida.

Avvalroq Superliga va UEFA o'rtasidagi ish bo'yicha hukm 21 dekabrda chiqishi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Onda Cero