“Aston Villa” “Chelsi” hujumchisi uchun 70 mln evro taklif qildi

Sherzod Nurmatov
27 avg 2026, 19:50
“Aston Villa” tarkibini “Chelsi” hujumchisi Nikolas Jekson bilan kuchaytirishi mumkin.

“Fussball Transfers” nashrining xabar berishicha, birmingemliklar 25 yoshli senegallik futbolchi uchun London klubiga 70 million evro taklif qilgan va “ko'klar” bu taklifni qabul qilishga moyil bo'lib turibdi.

5.jpg

Insayder Fabricio Romanoning takidlashicha, “Aston Villa” futbolchi bilan shartnoma shartlarini deyarli kelishib olgan. Biroq uning ma'lumotlariga ko'ra, klub hozircha “Chelsi”ga rasmiy taklif yubormagan, lekin transfer uchun 70 million sarflashga tayyor.

Jekson o'tgan mavsum ijara asosida “Bavariya” safida to'p tepgan. U myunxenliklar tarkibida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fussball Transfers