APLning uch grandi Nottingem Forest yetakchisi uchun kurash olib bormoqda

Khoja
15 mar 2025
Nottingem Forest yetakchisi Morgan Gibbs-Uayt yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

25 yoshli yarim himoyachiga Liverpul, Arsenal, Manchester Yunayted kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda. Nottingem futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni maqsad qilgan, biroq 60 million evroga sotishga ham tayyorligini ma'lum qilgan.

Morgan Gibbs-Uayt joriy mavsum 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com