"Arsenal" Rodrigo bilan bog'landi. "Real" vinger uchun 90 million evro so'rayapti

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2025
"Arsenal" Rodrigoni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

London klubi "Real" vingeriga jiddiy qiziqyapti va may oyida futbolchi vakillari bilan dastlabki muzokaralar o'tkazdi, deb xabar beradi jurnalist Ben Djeykobs.

Madridliklar braziliyalik transferi uchun 90 million evro olishni xohlayapti.

O'tgan La Liga mavsumida Rodrigo 30 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/JacobsBen