

Forvardga "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" ham qiziqishmoqda. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, fransiyalik futbolchining shartnomasida erta bekor qilish punkti yo'q. 2025 yil fevralida "Bornmut" Krupini "Loryan"dan 10 million funt (11,6 million evro) evaziga sotib olgan.
Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi. Krupining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha hisoblangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evro.



