"Arsenal” Nelson bilan shartnoma bekor qilinganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
28 avg 2026, 15:10
Vinger Ris Nelson “Arsenal"ni tark etdi.

Bu haqda "kanonirlar" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar shartnomani bekor qilish bo'yicha o'zaro kelishib oldi. “The Athletic” muxbiri Devid Ornshteyn bergan ma'lumotga ko'ra, 26 yoshli angliyalik futbolchi bilan tuzilgan kelishuv 2027 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uni 2028 yilgacha uzaytirish bandi ham bor edi.

Nelson 2007 yildan buyon "Arsenal" tizimida bo'lib kelgan. London klubi safida u 1 marta Angliya Kubogi va 2 marta Angliya Superkubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com