

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, jamoa chempionlik uchun imkoniyatlarini butkul yo'qotganidan so'ng, klub rahbariyati ushbu masala bilan jiddiy shug'ullanishga tayyor. Bunday ssenariy yakshanba kuniyoq sodir bo'lishi mumkin - agar "qirollik klubi" safarda "Barselona"ni mag'lub eta olmasa, chempionlik poygasidan rasman chiqib ketadi.
Ayni damda ushbu lavozimga asosiy nomzod sifatida Joze Mourinyu ko'rilmoqda. Shuningdek, nomzodlar ro'yxatidan Dide Desham, Lionel Skaloni va Maurisio Pochettino ham o'rin olgan.
"Real" rahbariyati keyingi qadamlar borasida qisqa muddat ichida bir qarorga kelishni rejalashtirmoqda.



