Arbeloa "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'zining "Real"dagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi

11 may 2026, 09:40
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionati 35-turida "Barselona"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgandan keyin o'zining klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Bilasizki, klub rahbariyati bilan suhbatimiz bo'lishi ehtimoldan holi emas - bu oddiy hol. Hozir men faqat bitta narsani xohlayman: jamoa mavsumni yaxshi yakunlashini. Hozirgi vaqtda barcha e'tiborim shunga qaratilgan", - dedi Arbeloa Mundo Deportivo nashriga.

Ushbu o'yindan keyin "Barselona" Ispaniya chempioni bo'ldi. Jamoa 91 ochko bilan La Liga jadvalini boshqarmoqda. "Real" 2-o'rinda bormoqda.


Manba: Mundo Deportivo