Arab Kubogi. Marokash Iordaniyani irodali tarzda mag'lub etib, bosh sovringa ega chiqdi

Mirjalol Normatov
18 dek 2025
Marokash termasi Arab Kubogi finalida Iordaniya termasini qiyinchilik bilan mag'lub etdi.

Uchrashuvda Afrika qitasi vakillari birinchi bo'lib gol urgandi. Ikkinchi bo'limda iordaniyaliklar ikki marta raqib darvozasini ishg'ol qilib, oldinga o'tib oldi. Biroq Abdulrazzoq Hamdallah bunga ko'nmadi va 87-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Qo'shimcha bo'limlarda esa g'alaba golini urdi.

Shu tariqa Marokash 2025 yilgi Arab Kubogi sohibiga aylandi va o'z tarixida ikkinchi marta bu nomga sazovor bo'ldi.

18 dek 2025, 21:00
Jordan — Morocco
2 – 3
Qo'sh. taymdan so'ng






Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia