

25 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Londonning "Tottenxem" klubi katta qiziqish bildirmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, "shporlar"ning yangi bosh murabbiyi Roberto De Zerbi futbolchini sotib olishni talab qilmoqda. Qayd etilishicha, van Xekkeni "Chelsi" va "Liverpul” ham kuzatmoqda.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 38 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 35 million evroni tashkil etadi.



