APLda aprel oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
9 may 2025, 16:49
Argentinalik xavbek aprel oyida eng yaxshi deb topildi.

"Liverpul"ning argentinalik yarim himoyachisi Aleksis Maka Allister Angliya Premer-ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. U so'rovnomada Rayan Ait-Nuri ("Vulverxempton"), Xarvi Barns ("Nyukasl"), Jeykob Myorfi ("Nyukasl"), Morgan Rojers ("Aston Villa"), Rayan Sessenon ("Fulxem") va Yorgen Strand Larsenni ("Vulverxempton") ortda qoldirdi.

26 yoshli xavbek o'tgan oy Angliya chempionatida 5 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Aleksis Mak Allister joriy mavsum barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta to'p kiritdi va 8 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com