APL klubi “Yuventus" hujumchisini transfer qilishga tayyor

Alisher Ostonov
8 mar 2026
"Yuventus" hujumchisi Jonatan Devid faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Kanadalik forvardni "Aston Villa" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Turin klubi o'z futbolchisini qo'yib yuborishga tayyor. "Yuventus" Devidning sotuvidan 15-18 million evro ishlab olmoqchi.

Jonatan Devid 2025 yilda "Lill"dan "Yuventus"ga erkin agent sifatida o'tgan edi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi Turin klubi safida barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali kanadalikning narxini 35 million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Calciomercato