
"Daily Mail Sport" nashrining xabar berishicha, ikki nafar yosh futbolchi o'rtasidagi keskin nizoga oddiy sabab – futbolchilardan birining "Nokia" rusumli tugmachali telefoni tufayli jamoadoshlari tomonidan masxara qilinishi turtki bo'lgan.
Internetda tarqalgan kadrlarda ikki futbolchining xonada shafqatsizlarcha mushtalashayotgani, boshqa jamoadoshlari esa jarayonni to'xtatish o'rniga, holatni telefonga tasvirga olib, ularni janjalga undayotgani va "eshikni yopinglar" deb baqirishayotgani aks etgan.

