Anchelotti Chempionlar Ligasida eng ko'p g'alaba qozonish bo'yicha “Real Madrid” rekordini o'rnatdi

Nozimov Nig'monxo'ja
13 dek 2023
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Union Berlin”ni (3:2) mag'lub etib, Chempionlar ligasida g'alaba qozongan o'yinlar soni bo'yicha Madrid klubi yetakchisiga aylandi

U madridliklar safida ECHLdagi 42 g'alabasini qo'lga kiritdi. Undan avvalgi rekord “Real Madrid”ning sobiq murabbiyi Migel Munosga tegishli edi. Ispaniyalik mutaxassisning hisobida 41 ta g'alaba bor edi.

Eslatib o'tamiz, “Real Madrid” Chempionlar Ligasining guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunladi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com