"Amkar" Gadjiev bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2017, 21:46
"Amkar" jamoa bosh murabbiyi Gadji Gadjiev bilan shartnomani uzaytirdi.

Bu haqda klub prezidenti Gennaydi Shilov ma'lum qildi. 71 yoshli mutaxassis bilan avvalgi bitim 2016-17 mavsum oxirigacha belgilangan edi.

"Gadjiev bilan yangi 3 yillik shartnoma tuzildi" - deydi Shilov.

Gadjiev 2014 yilning dekabridan beri "Amkar"ni boshqaradi. Permliklar uning qo'l ostida o'tgan mavsum RFPLda 10-o'rinni egallashdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com