Gadji Gadjiev "Anji"dan ketdi

Narzulla Saydullayev
22 may 2014, 11:55
"Anji" bosh murabbiyi Gadji Gadjiev iste'foga chiqishga qaror qildi.
"Rossiya chempionati tuganiga bir hafta bo'ldi. Bu davr ichida og'ir qaror qabul qildim - "Anji"dan ketaman.

So'nggi yillarda "Anji" juda tezkorlik bilan rivojlandi.

O'tgan yil qiyin vaziyatda "Anji"ni qabul qilib olayotganda bir narsani o'yladim: jamoani qanday qilib bo'lsa ham premer-ligada olib qolish.

Barchamiz bir jamoa bo'lib oxirigacha kurashdik, afsus bunday bo'lib chiqmadi. Suleyman Abusaidovichga og'ir damda biz bilan birga bo'lgani uchun rahmat aytmoqchiman.

Jamoani premer-ligada olib qolishda juda xohlagandik, ammo barchasi biz o'ylaganchalik bo'lib chiqmadi.

Shu va boshqa bir qator sabablar tufayli klubdan kyetishga qaror qildim", deydi Gadji Gadjiev.

Klub ushbu iste'foni qabul qildi. Yaqin kunlarda jamoaning yangi bosh murabbiyi nomi e'lon qilinadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-anji.ru