

"Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biroq bugun biz ustunlik qildik deb o'ylayman. Legioner futbolchimizning hujjat ishlari tufayli bugungi bahsda qatnasha olmadi. Shunga qaramay biz ko'p hujum qildik, ammo gol ura olmadik, - deydi murabbiy.
- Jamoa nega hujumda pressing qilmadi?
- "Paxtakor" darvozasiga yaqinroq o'ynashga harakat qildik. Biroq oxirgi pasni noaniq oshirdik. Shu bois ham gol ura olmadik.
- Jamoa 6 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi. Bundan tashqari "Traktorsozi" 8ta o'yindan buyon gol urib kelayotgandi. Shunga qaramay biz yaxshiroq o'ynadik dedingiz. Bugun jamoangiz o'z saviyasidan past o'ynadimi?
- Shunchaki bizga omad etishmadi va gol ura olmadik. Bundan tashqari jamoa juda ham charchagandi. Yomon o'ynadik deya olmayman. Toshkentdagi bahsdan oldin biz ko'plab og'ir o'yinlar o'tkazgandik.
- "Traktorsozi"ning guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Guruhda hozircha birinchi o'rindamiz. Bundan tashqari o'z maydonimizda yana ikkita bahs o'tkazamiz. Menimcha guruhdan chiqish uchun imkoniyatlarimiz yaxshi.
- Guruhdagi qaysi o'yin og'ir bo'ldi?
- Barcha o'yinlar qiyn o'tdi. Masalan, "Al Jazira"ni 4:0 hisobida mag'lub etgan o'yinimizda biz bunchalik ko'p hujum qilmagandik.
Narzulla Saydullaev



