Alonso - "Chelsi" bosh murabbiyligiga asosiy favorit

Aslanov Jasurbek
12 may 2026, 01:25
Xabi Alonso "Chelsi" bosh murabbiyligiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi, deb xabar bermoqda jurnalist Ben Jeykobs.

Klub allaqachon "Real" va "Bayer" sobiq murabbiyi bilan aloqaga chiqqan. Alonsoning o'zi ham shu yozda Premer-ligada ish boshlashga qiziqish bildirmoqda.

"Fulxem" ustozi Marku Silva va "Bornmut"ni tark etayotgan Andoni Iraola ham "ko'klar" ro'yxatida qolmoqda. Avvalroq xabar berilganidek, "Kristal Pelas" ustozi Oliver Glasner va "Flamengo" sobiq murabbiyi Filipe Luis yangi nomzodlarga aylanishgan.

Luis Liem Rossenor tayinlanishidan avval "Chelsi" muhokama qilgan nomzodlardan biri edi, biroq yakunda muzokaralar Gari O’Nil tayinlanguniga qadar uning "Strasbur"ga o'tishi mumkinligiga qaratilgandi.

Shuningdek, klubda Sesk Fabregas va Franchesko Faroli variantlari ham ko'rib chiqilmoqda. Biroq Fabregas "Komo"ni tark etish niyati yo'qligini ma'lum qilgan, italiyalik mutaxassisga yaqin manbalar esa Faroli "Portu"da qolishini takidlamoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://x.com/JacobsBen