Aleksandr Xomyakov: "Maydonda ko'proq kurash kechdi"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2026, 22:26
Superliga 28-turdan o'rin olgan "Xorazm" – "Buxoro" uchrashuvidan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Mavsum oxiri bo'lgani uchunmi jamoalarda toliqish borligi sezildi, o'yin ham u qadar shiddatli kechmadi. Maydonda ko'proq kurash kechdi. Bizda vaziyatlar unchalik ko'p bo'lmadi. Hujumga aytarli o'ta olmadik. Shuningdek raqibga ham o'tish imkonini bermadik. Birga bir vaziyatdan gol urishimiz mumkin edi. Durang adolatli bo'ldi deb o'ylayman. Safarda qimmatli bir ochkoni qo'lga kiritdik.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia