Peres Ispaniyadagi hakamlik haqida: "Barsa" 10 yil ichida 862 daqiqa son jihatdan ustunlikda o'ynagan"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2026, 20:31
"Real" prezidenti Florentino Peres Madrid klubi va "Barselona"ga nisbatan chiqarilgan hakamlik qarorlari statistikasini keltirib o'tdi.

"Real" a'zolarining umumiy assambleyasidagi nutqi davomida Peres Kataloniya klubining hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vice-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga ko'p yillar davomida amalga oshirgan to'lovlari bilan bog'liq "Negreyra ishi"ga yana bir bor to'xtaldi.

"Ayrim manbalar xabar berishicha, to'lovlar hatto 2001 yildan ham oldinroq boshlangan bo'lishi mumkin. Men hamma narsani qolganlar kabi 2023 yilda matbuotdan bildim. Statistika, masalan, chetlatishlar bilan bog'liq anomaliya shunchaki aql bovar qilmas darajada. So'nggi o'n yillikda "Barselona" 862 daqiqa davomida son jihatdan ko'pchilik bo'lib harakat qilgan, "Real"da esa bu borada salbiy balans qayd etilgan.

VAR joriy etilganidan buyon videoyordamchilar aralashuvidan keyin "Real"ning 42 ta goli bekor qilindi - bu "Barselona"nikidan (19) ikki barobardan ham ko'proq. Va bularning barchasi La Liganing harakatsizligi fonida yuz bermoqda. Joriy mavsumda Negreyra davrida lavozimi ko'tarilgan 21 nafar hakam faoliyat yuritmoqda. Shuncha ishdan keyin ham ular yana bizning ustimizdan shikoyat qilishmoqda!" - deya bayonot berdi Peres.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As