Aleksandr Kit: "Norin" haqida deyarli hech narsa bilmayman"

Narzulla Saydullayev
5 may 2016
O'zbekiston Birinchiligining 7-turidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "Norin" uchrashuvi oldidan mezbonlar ustozi Aleksandr Kitning fikrlari bilan qiziqdik.
- Vodiy safaridagi ikki o'yinda ham mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, jamoada ichki muhit a'lo darajada. Bugungi uchrashuvga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rdik. O'ylaymanki, natija biz xohlagandek bo'ladi. Sababi, biz maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz. Chunki ortga yo'l yo'q.

Ochig'i, "Norin" haqida deyarli hech narsa bilmayman. Lekin raqibning bu yilgi natijalaridan xabarim bor. Garchi mehmonlarimiz musobaqa debyutanti bo'lsa-da, bellashuv qiziqarli kechishiga shubha qilmayman. Yuqorida takidlaganimdek, biz maydonga kurashish va g'alaba uchun chiqamiz.

"Oq-tepa" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia