

Bu haqda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Hojiakbar Alijonov mashg'ulotlar paytida oyog'ining boldir mushak qismida noqulaylik his qilgan.
Tibbiy diagnostik va klinik tekshiruv xulosalarga ko'ra, himoyachimizning tiklanishi uchun 1 hafta muddat talab etiladi.
Ayni damda Alijonov tibbiy shtab nazorati ostida individual ravishda tiklanish mashg'ulotlarini olib bormoqda” - deyiladi O'FA matbuot xizmati bayonotida.


