"Arsenal" kutilmagan transferga yaqin

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2026, 19:38
"Arsenal" "Atalanta" posboni Marko Karnesekkiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "Tutto Atalanta" ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, 25 yoshli italiyalik futbolchi tez orada transfer qilinishi kutilmoqda. U A Seriyadagi eng iqtidorli darvozabonlardan biri hisoblanadi.

Karnesekki "Atalanta"da 2019 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Darvozabon 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 50 o'yinda 56 ta gol o'tkazib yubordi va 17 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tutto Atalanta