​"Al Nassr" Qarshiga keladi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2025, 12:32
Ayollar o'rtasidagi OCHL turniri dastlabki bosqichiga qur'a tashlandi.

"Nasaf" "B" guruhidan joy oldi. Raqiblar – Osiyo olimlari kolleji (Tailand), APF (Nepal) va "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni).

Ayollar OCHLda ilk bosqichini sariq bilan belgilab qo'yilgan mamlakat vakillari o'zida qabul qiladi. Demak, "Nasaf" mazkur bosqichni mezbon sifatida o'tkazadi.

Dastlabki bosqich bahslari 25 avgustdan 31 avgustga qadar o'tkaziladi. Guruh bosqichiga qur'a 11 sentyabrda tashlanadi va musobaqa 3 oktyabrdan boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia