

Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi bosh murabbiy poziciyasiga munosib nomzod topdi. "Al Ittihod"ning yangi bosh murabbiyi argentinalik mutaxassis Marselo Galyardo bo'ladi. Saudiya Arabistoni klubi "River Pleyt" sobiq ustozi Galyardoni ko'ndirish uchun juda katta summa taklif qildi va vazifani deyarli uddaladi. Murabbiy tez orada "Al Ittihod" bosh murabbiyiga aylanadi. O'zaro shartnoma 2025 yilning iyun oyiga qadar davom etadi. Kelishuvni 18 oyga cho'zish imkoniyati ham mavjud bo'ladi.
Ma'lumot uchun, "Al Ittihod" dastlab Xulian Lopetegiga taklif bilan chiqqandi, ammo murabbiy bu taklifni rad etdi.



